O‘zbekiston | 23:01 / 17.05.2024
3854
1 daqiqa o‘qiladi

Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Jismoniy shaxslar masofadan turib Face ID yordamida notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirishi, elektron raqamli imzo kalitini olishi mumkin. 

Foto: Getty Images

Personallashtirish agentligining ma’lumotlar bazasidagi jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi imkoniyatlari kengaytirildi. 

Endi jismoniy shaxslar masofadan turib Face ID yordamida notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirishi, elektron raqamli imzo kalitlarini olishi mumkin. 

Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid