O‘zbekiston | 08:12 / 17.05.2024
4594
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning qaysi hududlarida uy ijarasi nisbatan arzonligi aytildi

Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.

Foto: Kun.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024 yilning aprel oyi uchun Toshkent shahrida uy-joylar ijarasi bo‘yicha taklif etilgan narxlar tahlilini e’lon qildi. Unga ko‘ra, poytaxtda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.

Aprelda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaygan.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 350 dollar, 2 xonali — 384 dollar, 3 xonali — 429 dollar, 4 xonali — 441 dollar), Olmazor (1 xonali — 361 dollar, 2 xonali — 408 dollar, 3 xonali — 449 dollar, 4 xonali — 477 dollar) tumanlarida taklif etilgan.

Eng qimmat ijara narxlari esa Shayxontohur (1 xonali — 412 dollar, 2 xonali — 449 dollar, 3 xonali — 524 dollar, 4 xonali — 627 dollar) va Mirobod (1 xonali — 457 dollar, 2 xonali — 518 dollar, 3 xonali — 612 dollar, 4 xonali — 798 dollar) tumanlarida kuzatilgan.

To‘liq ta’mirlangan turar joylar uchun eng arzon ijara narxlari Uchtepa (1 xonali — 392 dollar, 2 xonali — 484 dollar, 3 xonali — 619 dollar, 4 xonali — 736 dollar) va Chilonzor (1 xonali — 413 dollar, 2 xonali — 512 dollar, 3 xonali — 652 dollar, 4 xonali — 774 dollar) tumanlarida bo‘lib turibdi.

Eng qimmat ijara narxlari esa Shayxontohur (1 xonali — 557 dollar, 2 xonali — 846 dollar, 3 xonali — 1069 dollar, 4 xonali — 1068 dollar) va Mirobod (1 xonali — 541 dollar, 2 xonali — 839 dollar, 3 xonali — 1028 dollar, 4 xonali — 1093 dollar) tumanlarida kuzatilgan.

Mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxida fevralga nisbatan 0,61 foiz, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxida esa 0,76 foiz tushish kuzatilgandi.

Mavzuga oid