Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mingdan ziyod turistni O‘zbekistonga yuborishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning yetakchi sayyohlik kompaniyasi Explore Worldwide direktori Saymon Grouv bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Britaniyadan sayyohlarni O‘zbekistonga keng jalb etish va 2024 yilda ular uchun mamlakatni jozibador yo‘nalish sifatida tanishtirish masalalari muhokama qilindi.
Xorij tomoniga mamlakat tarixiy shaharlarining turizm salohiyati, so‘nggi yillarda barpo etilgan jahon standartlari asosidagi mehmonxonalar, ichki transport infratuzilmasi, ovqatlanish maskanlari hamda xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining islomiy me’morchilik, buddizm, etno va tog‘ turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish qilindi.
Muzokaralar natijasida, Explore Worldwide bilan hamkorlikda Britaniyada O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, vebinarlar o‘tkazish, shuningdek, joriy yil davomida 1000 dan ziyod sayyohlarni mamlakatga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025