Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya O‘zbekiston yosh fermerlari malakasini oshirishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Italiyaning Bonifiche Ferraresi Group kompaniyasi moliya va investitsiyalar rahbari Stefaniya Kvintavalle bilan uchrashdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakatda ilg‘or texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, mahsulotlarni qayta ishlash va Italiya bozoriga eksport qilish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Italiya tomoni O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi benefitsiari ekanligi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida bojxona imtiyoziga egaligiga alohida e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislarining O‘zbekiston yosh fermerlari malakasini oshirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Bonifiche Ferraresi Group vakillaridan iborat texnik guruhning O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish va mamlakatda kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025