Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Lasetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
Lasetti qoidalarni buzgan holda qayrilib olgan va avtobus bilan to‘qnashib yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida maktab o‘quvchilari bo‘lgan Lasetti YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha Lasettida maktab o‘quvchilari bo‘lmagan.
Ma’lum qilinishicha 2024 yil 25 may kuni 09:15 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Sh.Rashidov tumanidan o‘tgan qismida Navoiy viloyatida yashovchi 21 yoshli S.A Lasetti mashinasini boshqarib borayotib, yo‘l belgisiga amal qilmasdan orqaga qayrilib olgan.
Shunda u Toshkent-Samarqand yo‘nalishda xarakatlanib ketayotgan, Toshkent viloyatida yashovchi 53 yoshli X. R. boshqaruvida bo‘lgan avtobusning yo‘liga chiqib ketib u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Lasetti salonida bo‘lgan 21 yoshli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan. 20 yoshli yana bir yo‘lovchi va Lasetti haydovchisi RShTYoIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqazilgan. Avtobus haydovchisi va uning yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan.
Mavzuga oid
09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor
17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
18:32 / 30.01.2025
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi
15:06 / 28.12.2024