Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda
U yadro energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida xavfsizlik siyosati uchun mas’ul bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi. Bu prezidentning 24 maydagi qarorida nazarda tutilgan.
Qo‘mita Konchilik sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologik va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida tuziladi. Inspeksiyaning o‘zi konchilik sanoati va geologiya nazorati inspeksiyasi etib qayta tashkil etilmoqda.
Qo‘mita yadro energiyasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Qo‘mita tarkibiga 110 kishidan iborat shtat, shuningdek, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, gaz quyish shoxobchalari, neft va gazni birlamchi qayta ishlash, magistral quvurlar va gaz inshootlari xavfsizligini ta’minlash, donni saqlashda sanoat xavfsizligi nazorat qilish, istirohat bog‘lari faoliyatini nazorat qilish va boshqa funksiyalari berilgan.
Qo‘mita tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tashkil etilmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 24.01.2025
Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi
21:57 / 26.09.2024