Eron O‘zbekistonda poliuretandan mahsulotlar ishlab chiqarmoqchi
Eronlik tadbirkorlar O‘zbekistonda poliuretan, polimer va EVA xomashyosidan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
21-25 may kunlari Eronning Chemisan Chemical Co kompaniyasi boshqaruvi kengashi raisi Muhammal Xosseyn Arab boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, safar davomida delegatsiya a’zolari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 16-Xalqaro charm poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi doirasida "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Farhod Nurmuhammadov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida eronlik tadbirkorlar O‘zbekistonda poliuretan, polimer va EVA xomashyosidan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi. Muzokaralar davomida ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tashrif davomida Chemisan Chemical Co kompaniyasi vakillari Toshkentda poyabzal ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va "O‘zkimyosanoat" AJ rahbariyati bilan poliuretan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024