Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda anomal issiqlik – havo harorati 50 darajadan oshdi
Hindistonliklar mashina ruliga tegib bo‘lmay qolganidan, barmoqlar kuyib ketayotganidan, jo‘mrakdan oqayotgan suv esa qaynoq ekanidan shikoyat qilmoqda.
Hindiston poytaxti Dehli shahrida havo harorati birinchi marta 50 darajadan oshdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Avvalroq, Hindiston meteorologiya departamenti (IMD) «anomal issiqlik to‘lqini» haqida ogohlantirgan edi. 28 may kuni Dehlining Mungeshpur va Narela tumanida maksimal harorat 49,9°S ga yetdi va 2002 yildagi 49,2°S rekordini yangiladi.
Qayd qilinishicha, IMD ayniqsa, bolalar, qariyalar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarning sog‘lig‘iga issiqlikning salbiy ta’siri haqida ogohlantirgan. Unda salomatligi zaif odamlar «o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi» kerakligi aytiladi.
Shahar ma’muriyati jazirama tufayli suv tanqisligi xavfidan ogohlantirgan. Suv resurslari vaziri Atishi Marlena isrofgarchilikka chek qo‘yish uchun «jamoaviy mas’uliyat»ga chaqirgan. Ta’kidlanishicha, ko‘plab hududlarda suv ta’minoti kuniga ikki martadan bir martagacha qisqartirilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, issiqlik to‘lqini bir necha haftadan beri doimiy ravishda kuchayib bormoqda, ammo shunga qaramay, 28-29 may kunlari ob-havo sharoiti aholini hayratda qoldirgan. Odamlar mashina ruliga tegib bo‘lmay qolganidan, barmoqlar kuyib ketayotganidan, jo‘mrakdan oqayotgan suv esa qaynoq ekanidan shikoyat qilishgan.
Gazetalarda shifokorlar odamlarni uyda qolishga va yengil, keng, paxta kiyim kiyishga chaqirgan. Qurilish sohasi ishchilari soat 16:00 gacha ishga chiqmay qo‘yishgan. Ular temir uskuna va qurollarga «qo‘l tekkizib bo‘lmay qolganini» ta’kidlashmoqda.
Ko‘pchilik haroratning ko‘tarilishini Rojastondan kelgan jazirama shamollar bilan bog‘lamoqda. Bu hududda harorat 28 may kuni 50 darajadan oshgan.
Rojaston poytaxti Jaypurdagi shifoxonalar jazirama qurbonlari bilan to‘lib toshgani aytilmoqda. Shahar politsiyasining ma’lum qilishicha, qurbonlarning ko‘pchiligi ko‘chada ishlashdan boshqa chorasi qolmagan kambag‘allar, shuningdek, uysizlardir.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
22:27 / 22.05.2025