Jahon | 12:23 / 30.05.2024
2570
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT DIIHB missiyasi ekspertlari O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston va YeXHT DIIHB mamlakatning 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish zaruriyatini baholashni boshladi. 

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari (YeXHT DIIHB) O‘zbekistonga keldi.

Tashrif dasturiga muvofiq ekspertlari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati instituti vakillari bilan uchrashadi.

28 may, seshanba kuni missiya ekspertlari YeXHT DIIHB saylov departamenti katta maslahatchisi Keara Kastaldo hamda saylovlar bo‘yicha maslahatchisi Kaxa Inaishvili Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar YeXHT DIIHB missiyalari tavsiyalarining saylovni kuzatish natijalariga ko‘ra milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etilishini muhokama qildi.

Shuningdek, ekspertlar parlament quyi palatasi va saylov organlari tizimidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, mamlakatda saylov organlarining yagona markazlashgan tizimi shakllantirilmoqda, parlament quyi palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.

Ular O‘zbekistonda saylov jarayonlarini umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladilar.

Mavzuga oid