May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,6 foizga yetgan.
2024 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 2,8 foizga oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023 yil may oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,6 foizga yetgan.
2024 yilning may oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,0 foizga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 15,2 foizga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Mavzuga oid
08:10 / 02.11.2024
Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024