O‘zbekiston | 09:51 / 01.06.2024
4908
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda to‘rt oyda qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt oyda 6329 nafar egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilgan egizaklar soni 6329 nafarni tashkil etgan.
Shundan:
- o‘g‘il bolalar — 3209 nafar;
- qiz bolalar — 3120 nafarni tashkil etgan.
O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.
Jami tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning jinsi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- o‘g‘il bolalar − 142,4 ming nafar;
- qiz bolalar − 132,1 ming nafar.
Mavzuga oid
10:08 / 02.09.2024
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
12:30 / 01.09.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
22:16 / 30.08.2024
Bu yil Yaponiyada 40 mingga yaqin odam uyida yolg‘iz vafot etdi
21:03 / 28.08.2024