Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi
Bu Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish zarurati bilan izohlandi.
Qozog‘iston Afg‘onistonning hukmron «Tolibon» harakatini terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi.
Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bu Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qilinganini aytdi.
«Qozog‘iston hozirgi Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi hamda bu rejim uzoq muddatli omil ekanligini anglagan holda «Tolibon» rejimini terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi», dedi To‘qayev.
Qozog‘iston rahbarining fikricha, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri Afg‘onistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etishdan iborat.
Qozog‘iston Oliy sudi 2005 yilda «Tolibon» harakatini terrorchi deb tan olgan va uning respublika hududidagi faoliyati taqiqlangan edi. Rasmiylar 2023 yil oxirida «Tolibon» rejimini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.
Afg‘onistonda uch yil avval hokimiyatni qo‘lga kiritgan «Tolibon» boshqa mamlakatlarda, jumladan, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonda ham taqiqlangan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025