Yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Ikki hududda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqarolar M.R., M.Ya. va boshqalar oldindan o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida Asaka tumani “Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan 20 sotix zaxiradagi yer maydoni hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 8000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Tuyatortar” QLI irrigatsiya tizimi shu’ba bo‘lim boshlig‘i Q.X. fuqaro O‘.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida ushbu irrigatsiya tizimiga qarashli 1 gektar yer maydonini hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
16:21 / 26.09.2024
Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
16:40 / 25.09.2024
Surxondaryoda hokim yordamchisi fuqarolar nomiga kredit olib, yo‘qolib qoldi. Bunga shaxs aybdormi yoki tizginsiz tizim?
20:34 / 24.09.2024