Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 3 kishi cho‘kib ketdi
Ular fermer dalasidagi hovuzda cho‘milishgan va ehtiyotsizlik oqibatda cho‘kib, vafot etgan.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida cho‘milishga borgan bir yigit va ikki bola cho‘kib ketgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, hodisa 2024 yil 5 iyun kuni sodir bo‘lgan.
25 yoshli yigit va 2012 va 2013 yillarda tug‘ilgan ikki bola Oltiariq tumanidagi fermer xo‘jaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milishga borgan.
Cho‘milish paytida ular ehtiyotsizlik qilgani oqibatida cho‘kib, vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar. Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025