Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol dengizi bo‘ylab 42 km: Orolbo‘yida ekomarafon bo‘lib o‘tadi
Bu yilgi poyga keng jamoatchilik uchun ochiq. Ushbu ekstremal marafonda 100 nafar sportchi va havaskorlar ishtirok etishi mumkin.
23 iyun kuni Orol dengizining qurigan tubida Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan ekomarafon bo‘lib o‘tadi.
Ushbu marafonni o‘tkazishdan maqsad Orol dengizining ekologik falokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarur ekanligiga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat. Marafon marshruti Orolning qurigan tubi bo‘ylab hozirga qadar suv resurslari saqlanib qolgan hududlargacha davom etadi.
Bu yilgi poyga keng jamoatchilik uchun ochiq. Ushbu ekstremal marafonni zabt etish istagida bo‘lgan 100 nafar sportchi va havaskorlar ishtirok etishi mumkin.
2023 yilda ProRun yugurish maktabi asoschisi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi va Borsa kelmas sho‘r ko‘li bo‘ylab 42 km 195 metr masofani bosib o‘tgan.
Mavzuga oid
20:53 / 28.10.2024
Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashdi
07:05 / 20.08.2024
Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 mln dollar beriladi
11:27 / 13.05.2024
Orolbo‘yi tabiat bog‘idagi fotoqopqonga chiyabo‘rining baliq ovlash jarayoni muhrlandi
10:11 / 29.04.2024