O‘zbekiston | 20:36 / 07.06.2024
4235
2 daqiqa o‘qiladi

«Kinochilar uyi» «O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi» deb qayta nomlandi 

Prezident qarori bilan kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. 

«Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik asosida «Tirik tarix» dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruxsat berildi. 

Shuningdek, «Kinochilar uyi» «O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi» deb qayta nomlandi. 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o‘rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi. 

Respublikadagi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida, o‘rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi. 

Bunda, ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi. 

Mavzuga oid