O‘zbekiston | 18:59 / 07.06.2024
3094
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylandi

Bu O‘zbekistonning global mehnat siyosatida, XMT tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda faol ishtirok etishiga yangi imkoniyatlarni ochadi. 

Foto: Oliy Majlis Senati

Shveytsariyaning Jyeneva shahrida Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tarixda ilk marotaba O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylandi, deb xabar berdi Oliy Majlis Senati. 

Qayd qilinishicha, bu O‘zbekistonning global mehnat siyosatida, XMT tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda, mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan yangi taklif va g‘oyalarning ishlab chiqilishida bevosita faol ishtirok etishiga yangi imkoniyatlarni ochadi. 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat munosabatlari xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgan. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berilgan, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish xususan, xalqaro mehnat, ishlab chiqarish, texnik, eologik standartlarni keng tadbiq etish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. 

Bu boradagi ishlar xalqaro hamjamiyat, xususan XMT tomonidan ham e’tirof etilgani, qator xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston qisqa muddatlarda yuqori natijalarga erishgan mamlakat sifatida boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘layotgani qayd qilingan.

Mavzuga oid