Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi
Prezident yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib, xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatida va bunda AQShning ko‘magiga tayanadi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkentda bo‘lib turgan AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori ko‘rsatkichlar uchun emas, balki e’tiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga ko‘targan holda amalga oshirayotgani ta’kidlandi.
“Biz xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishda AQSh ko‘magiga tayanamiz”, – deya yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Ketrin Tay avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:49 / 27.09.2024
Saida Mirziyoyeva BAA bosh vaziri o‘rinbosari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:01 / 23.09.2024
Britaniya muzeyida «Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi
20:03 / 19.09.2024
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
11:52 / 14.09.2024