Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
U fuqaroga tegishli sirni fosh qilmaslik uchun iPhone 15 Pro Max qimmatbaho telefonini talab qilgan.
Qoraqalpog‘istonda fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, mansab vakolatidan foydalangan holda uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan IIB mulozimi qo‘lga olindi.
Respublika Vazirlar Kengashi saytida xabar qilinishicha, Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari bu harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga fuqarodan iPhone 15 Pro Max qimmatbaho telefonini talab qilgan. Uning ismi sharifi xabarda keltirilmagan, ammo unvoni mayor ekani aytilmoqda.
Shundan so‘ng, fuqaro DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilib, mulozimga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari iPhone 15 Pro Max telefonini fuqarodan olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:36 / 04.11.2024
Toshkent shahar IIBB xodimlariga 8 ta BYD va 15 ta Damas berildi
17:40 / 23.09.2024
O‘zgartirilgan hukm va sud zalidan ozodlik – yasama jinoyatda ayblangan ayol ochiqqa chiqdi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024