O‘zbekiston | 11:48 / 14.06.2024
8237
1 daqiqa o‘qiladi
Ko‘ksaroyda Koreya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
14 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.
Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.
Mavzuga oid
10:10 / 20.09.2024
Koreya O‘zbekiston hududlarida pellet klasteri tashkil etadi
11:52 / 04.09.2024
Koreya o‘zbekistonlik yoshlarni xalq tabobatiga asoslangan farmatsevtika sohasida o‘qitishni rejalashtirmoqda
13:09 / 31.08.2024
O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy viza bo‘yicha ham ishga yuboriladi
09:30 / 19.08.2024