Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi
Xurmo ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda «Muruvvat» uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.
Saudiya Arabistonining podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo yubordi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi xabariga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida yo‘llangan hadyani Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga topshirdi.

Hadya qilingan xurmo jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda «Muruvvat» uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.

Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025