Jamiyat | 16:50 / 14.06.2024
3969
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida 268 mln so‘mlik ichimlik suvi o‘g‘irlandi

Tumandagi issiqxonada markazlashgan ichimlik suv quvuriga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib olingani fosh etildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Videodan kadr

 Toshkent tumanida katta miqdorda ichimlik suvdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Unda Toshkent tumanidagi MChJlardan birining rahbari N.I. MChJga qarashli issiqxonada markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulangani fosh etilgan.

Buning oqibatida 267,9 mln so‘mlik ichimlik suvdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid