Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 dona ratsiyadan ruxsatnomasiz foydalangan MChJ aniqlandi
MChJ egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudga hujjatlar yuborildi.
Qashqadaryo viloyat elektromagnit moslashuv xizmati hamda Qarshi shahar IIB tomonidan radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
“O‘zkomnazorat” xabariga ko‘ra, “Qo‘rg‘oncha” va “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida olib borilgan tezkor tadbirlarda ushbu hududda joylashgan MChJda 15 dona Baofeng BF888S rusumidagi ratsiyadan ruxsatnomasiz foydalanib kelingani aniqlandi.
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy shu’basi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, MChJ egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.
Mavzuga oid
10:48 / 08.05.2025
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar
08:57 / 28.02.2025
Toshkentda 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
09:20 / 12.02.2025
644 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
23:37 / 14.01.2025