Namanganda opa-singilni sel vaqtida devor bosib qoldi
Hodisa oqibatida 14 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan. Hozirda 16 yoshli qizning ham ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Namangan viloyatining Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ulardan biri vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat 17 iyun kuni soat 16:00 da tumanning Toymosobod mahallasi Kamarbasta ko‘chasida sodir bo‘lgan. 14 yoshli Z.Yu. va 16 yoshli K.Yu. uy darvozaxonasiga kirayotgan yomg‘ir suvini to‘sish maqsadida devor oldiga borgan. Shu vaqtda uy devori tag qismi bilan ularning ustiga qulab tushgan.14 yoshli Z.Yu. voqea joyida halok bo‘lgan, K.Yu. esa jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hodisa joyi tuman prokurori X.Xakimov rahbarligidagi tezkor tergov guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Marhumada qo‘shma shikastlar, kalla miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshana tepa, o‘ng chakka suyak siniqlari kalla asosiga o‘tishi, miya majag‘lanishi, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari ko‘plab sinishi, chap tomondan ko‘plab qovurg‘alar sinishi, o‘pkalar va yurakning ko‘krak qafasidan pastga chiqib qolishi kabi jarohatlar aniqlangan.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki ma’lumotida K.Yu.ning tanasida qo‘shma shikast, chanoq suyaklari va o‘ng boldir suyaklarining siljigan sinishi, tananing ko‘plab shilinmalari borligi, ahvoli og‘ir holatdaligi ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
19:01 / 03.09.2024