Jamiyat | 19:42 / 19.06.2024
7421
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda Nexia yuk mashinasiga kelib urildi

Ikki kishi jarohatlangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 19 iyun kuni soat 05:30 larda Sardoba tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtoyo‘lining 931-kilometrida Toshkent—Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Nexia-1 avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvi vaqtida uxlab qolgan. Oqibatda avtomashina yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN rusumli yuk transport vositasiga urilgan.  

Natijada Nexia-1 avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat olib tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid