O‘zbekiston | 19:14 / 21.06.2024
7133
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobod shahar IIBdagi o‘lim hodisasini Ombudsman o‘rganmoqda

Ombudsman tomonidan Bosh prokuraturaga nazorat xati yuborilgan va unda holat qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtirilishini ta’minlash so‘ralgan.

Avvalroq, Bekobod shahri IIB binosiga olib borilgan erkak vafot etgani haqida xabar bergandik. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) vafot etgan shaxs va uning ukasiga kuch ishlatilgani holati o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kirish yo‘lagida sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va ko‘rikdan o‘tkazilganda vafot etgani aniqlangani qayd etilgan.

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Qayd etilishicha, Ombudsman tomonidan Bosh prokuraturaga nazorat xati yuborilgan va unda holat qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtirilishini ta’minlash so‘ralgan.

“Ushbu holat bo‘yicha Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari bilan uchrashib, taziya bildirdi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid