O‘zbekiston | 18:20 / 21.06.2024
7947
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airports AJ boshqaruviga rais tasdiqlandi 

Kompaniya boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan Javlonbek Umarxo‘jayev o‘z lavozimiga tasdiqlandi. 

Foto: Uzbekistan Airports

Javlonbek Oybekovich Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi qaror kompaniyaning yagona aksiyadori — O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan. 

Javlonbek Umarxo‘jayev mehnat faoliyatini 2008 yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018 yillarda aviakompaniyada aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2021 yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Toshkent-Sharq» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021-2023 yillarda Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan edi. 

Mavzuga oid