Jamiyat | 10:38 / 24.06.2024
2557
2 daqiqa o‘qiladi

"Orzu" ko‘rgazmasi: Ko‘zi ojiz bolalarning orzulari sun’iy idrok nigohida

«Orzu» loyihasi bu inson ijodkorligi va sun’iy intellekt uyg‘unlashuvi bo‘lib, ko‘rgazmada ko‘zi ojiz bolalar taassurotlari asosida yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Bu suratlar bolalarning chuqur va ta’sirchan xayol va tasavvurlari aksidir. Ko‘rgazma joriy yil 27-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

«Butunjahon yoshlar festivali» doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «Mehrli qo‘llar» fondi, AVO Bank va We Digital marketing agentligi hamkorligida «Orzu» noyob ko‘rgazma-auksioni o‘tkaziladi.

Ushbu loyiha ko‘zi ojiz bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ular tomonidan tasvirlangan fikrlar asosida yaratilgan asarlar ko‘rgazmasi va sotuvidan iborat. U ilk bor O‘zbekistonda keyinchalik xalqaro miqyosda tashkil etiladi.

«Orzu» loyihasi bu inson ijodkorligi va sun’iy intellekt uyg‘unlashuvi bo‘lib, ko‘rgazmada ko‘zi ojiz bolalar taassurotlari asosida yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Bu suratlar bolalarning chuqur va ta’sirchan xayol va tasavvurlari aksidir.

Ko‘rgazmada «Sharm Studio» rassomlari tomonidan qog‘ozga tushirilgan, sun’iy intellekt orqali yaratilgan 20 ta surat namoyish qilinadi. Ularni sotishdan tushgan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalariga yo‘naltiriladi. Shuningdek, to‘lov servislari orqali ham loyiha uchun mablag‘ xayriya qilish mavjud.

Bu ko‘rgazma bolalarning qalbi bilan ko‘rgan dunyosiga yaqinlashish imkoniyatidir. «Orzu» loyihasi bizga tasavvur kuchini va har bir bolaning orzularini qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhim ekanini eslatadi. 

Xayriya ko‘rgazmasida xalqaro tashkilotlarning o‘zbekistondagi vakillari, xorijiy davlat elchilari, tadbirkorlar, jamoat faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma Toshkent fotosuratlar uyida 27-30 iyun kunlari o‘tkaziladi. Auksion savdosi 29 iyun kuni soat 17-00 da boshlanadi.

Mavzuga oid