O‘zbekiston | 12:25 / 26.06.2024
2653
1 daqiqa o‘qiladi

46 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish uchun O‘zbekistonga keldi

2024 yilning yanvar-may oylarida 2,8 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha (ming nafar):

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 2,2 mln;
  • sayyohlik — 426,5 ming;
  • xizmat yuzasidan — 68,4 ming; 
  • tijorat — 51,5 ming;
  • davolanish — 46,2 ming;
  • o‘qish — 7,4 ming.

Mavzuga oid