Jamiyat | 07:49 / 26.06.2024
2097
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Namanganda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Toshkent va Namangan viloyatlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar 750 million so‘mdan ziyod zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti axborot xizmati. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, F-R. MChJ rahbari X.R. “Ma’naviyat” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 647,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

“Yo.Sh.” fermer xo‘jaligi rahbari K.Yo. 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 118,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid