Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada “Lasetti”ning gazballoni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyati Rishton tumani markazida “Lasetti” mashinasining gazballoni portlagani va atrofda bo‘lgan bir necha odam jarohatlangani, mashina yonib ketgani haqida xabar bergandik.
Viloyat IIB axborot xizmati hodisada jarohatlanganlardan biri ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganini ma’lum qildi.
Unda aytilishicha, 52 yoshli fuqaro “Lasetti”ni tuman markazidagi dehqon bozori hududiga to‘xtatib, bozorga kirib ketgan vaqtida, mashinaga o‘rnatilgan gazballoni portlagan va yong‘in kelib chiqqan.
Portlash oqibatida, shu atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (yong‘in qoidalari xavfsizligini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
15:52 / 15.02.2025
Kamaz tagidan butun chiqqan, kichik jussali katta inson – rishtonlik Sherqo‘zi hikoyasi
21:20 / 06.12.2024
“20 millionlik kasal novvosni qassob 500 mingga sotib oldi”: Rishtonda qoramollar kasallikdan nobud bo‘lyapti
14:00 / 01.12.2024