“Mening bog‘im” tashabbuslariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekistonliklar kelgusi 10 kun davomida “Ochiq budjet” portali, portalning mobil ilovasi yoki Telegram-botdan foydalanib, yashil jamoat bog‘larini tashkil etish bo‘yicha 738 ta tashabbusdan birini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 200 dan ortiq tashabbus g‘olib deb topiladi.
“Mening bog‘im” loyihasining 2024 yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi, deya e’lon qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Ovoz berish bosqichi 6 iyul soat 10:00 ga qadar davom etadi.
Bu muhlatgacha fuqarolar 627 ta mahallada joylashgan 738 ta tashabbusdan biriga ovoz berishi mumkin.
Ovoz berishning uchta yo‘li bor:
- “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi orqali;
- portalning mobil ilovasi orqali;
- Telegram-bot orqali.
Ilk marta o‘tkazilayotgan “Mening bog‘im” loyihasining birinchi mavsumiga jami 52 mlrd so‘m ajratilgan. Bu mablag‘ hisobidan respublikaning eng ko‘p ovoz olgan kamida 208 ta nuqtasida yashil jamoat parklari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yildan boshlab “Yashil makon” dasturi doirasida davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning kamida 50 foizi yashil jamoat bog‘larini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Bunda jamoatchilik qayerda parklar tashkil etilishi bo‘yicha tashabbuslarini “Mening bog‘im” loyihasi doirasida qoldirishi mumkin.
G‘olib tashabbuslarni amalga oshirishga 250 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Kun.uz avvalroq “Mening bog‘im” loyihasiga doir savollarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya vazirligi mas’ullaridan javob olgandi.
Mavzuga oid
19:34 / 14.09.2024
“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
16:13 / 01.09.2024
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi
21:59 / 27.08.2024