Toshkent yerusti metrosi vagonlarida sovitish tizimi ishlamayotgani sababi aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda metropolitenning yerusti yo‘nalishidagi harakat tarkiblarida sovitish tizimi ishlamayotgani xususida xabarlar tarqalmoqda. “Toshkent metropoliteni” holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Metropolitenning Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida harakatlanayotgan harakat tarkiblarining sovitish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, kuchaytirilgan tartibda maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, bu ishchi guruh tarkibiga Rossiyadan ham 15 dan ziyod soha mutaxassislari jalb etilgan. Ushbu mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda tizimli ta’mirlash va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida 10 ta harakat tarkibi harakatlanmoqda va shundan 8 tasi 2024 yilda xarid qilingan. Ularning sovitish tizimi havo harorati +50 daraja issiqqacha belgilangan norma bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, yana boshqa mavjud 2 ta harakat tarkiblari o‘tgan yillar davomida olib kelingan bo‘lib, asosan, yerosti metro bekatlarida harakatlanishiga mo‘ljallangan hamda ularning sovitish tizimi esa, harorat +40 daraja issiqqacha bo‘lgan issiqda ishlashga mo‘ljallangan.
Jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan bu harakat tarkiblarining sovitish tizimlari uskunalari modernizatsiya qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, yuzaga kelayotgan bu kabi kamchiliklar yaqin kunlar ichida to‘liqligicha bartaraf etilishi aytilgan.
Mavzuga oid
21:29 / 12.09.2024
Toshkent metropoliteni donasi 100 ming dollarga teng eskalatorlar o‘rnatyapti. Bu qimmat emasmi?
17:44 / 02.09.2024
Moskva metrosida urushga yollash punktlari ochildi
12:50 / 02.09.2024
Poytaxt jamoat transporti yangi o‘quv yiliga dosh beroladimi?
08:09 / 30.08.2024