O‘zbekiston | 13:28 / 28.06.2024
11857
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Atirau viloyati Miyali qishlog‘ida O‘zbekiston fuqarosi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi.

Tengrinews xabariga ko‘ra, fojiali voqea 25 iyun kuni kechki payt sodir bo‘lgan, yashin qarovsiz uyga tushib, yong‘inga sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, chaqmoq urishi vaqtida uyda O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan shaxs bo‘lgan.


  
Tergov jarayonida u Qozog‘istonga bir oy avval kelgani va Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligi aniqlangan. Uning jasadi ko‘zdan kechirilganda, tan jarohatlari aniqlanmagan, u sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga yetkazilgan. 

Mavzuga oid