O‘zbekiston | 07:02 / 29.06.2024
8726
1 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat kodeksi yana bir javobgarlik bilan to‘ldirilyapti

Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Xususan, Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari qonun loyihasini siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishga kelishib oldi.

Mavzuga oid