Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bo‘limi boshlig‘i fuqaroni 4 ming AQSh dollari evaziga O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Xorazmda pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Tuproqqal’a tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bo‘limi boshlig‘i Sh.S. fuqaro J.K.ni tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida ham 3 000 dollar evaziga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida
15:41 / 01.05.2025