Jahon | 12:42 / 12.07.2024
13759
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bir hafta ichida 40 ta bank kasod bo‘ldi

Xitoyning bank sektori jiddiy krizisga duchor bo‘lgan. Bir hafta ichida 40 ta bank yo‘q bo‘ldi, Jiangxi Bank of China’ning kasod bo‘lishi sektor muammolarini yanada chuqurlashtirmoqda. Ekspertlarning ogohlantirishicha, vaziyat jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: RIA Novosti

Renminbao portali kasod bo‘lgani to‘g‘risidagi mish-mishlardan so‘ng mijozlar shturmiga uchragan Jiangxi bankining bosh qarorgohidan reportaj e’lon qildi, deb yozmoqda TRT. Avvalroq bank mijozlarning kreditni so‘ndirishi bilan bog‘liq muammolaridan so‘ng daromadi 30 foizga kamayishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

The Economist nashri ham Xitoyning bank sektoridagi vaziyatni tasvirlab berdi.

Qayd qilinishicha, Xitoyda 3800 ga yaqin bank muassasalari tahdid ostida. Ularning yig‘indi aktivlari 5,7 trln dollarni tashkil etadi va bu mamlakat bank tizimining 13 foiziga teng. Jurnalning qayd etishicha, bu banklar uzoq vaqt yomon boshqarilgan va muammoli kreditlarning ulkan hajmini jamg‘arib olishgan.

Maqolada aytilishicha, ularning ko‘pchiligi quruvchilar va mahalliy hokimiyat organlariga qarzga pul bergan va ko‘chmas mulk bozoridagi krizis ta’siri ostiga tushib qolgan. Maqola mualliflarining qayd etishicha so‘nggi yillarda ularning portfelining 40 foizini qaytarilmas kreditlar tashkil etayotganini sezib qolishgan.

«Kreditlar bilan sug‘orilgan o‘sish yillari nihoyat tugadi va buning natijasi Xitoyda o‘sish sur’atlarining pasayishi va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir bo‘lmoqda. Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi sekinlashishi ularning bankka doir muammolarini ham chuqurlashtiradi», — deya ogohlantirgan The Economist hamsuhbati.

Xitoyning ko‘plab shaharlari va hattoki butun bir hududlari qarzga botib qolgan. Majburiyatlar shu qadar ulkanki, bahorda mahalliy hokimiyat o‘z vakillarini Pekinga jo‘natishga majbur bo‘lgan. To‘lanmagan qarzlar mahalliy iqtisodiyotlarga borgan sari bosim o‘tkazmoqda va milliy iqtisodiyotning o‘sishiga tahdid qilmoqda.

Xitoy shaharlari botib qolgan qarzlar birinchi navbatda ko‘chmas mulk sohasidagi krizis oqibatlaridir. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi ham o‘zining salbiy asoratlarini qoldirgan.

Mavzuga oid