Navoiyda ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi
Xatirchi tumanida yashovchi ayol erining tazyiqi va kamsitishlaridan qutulish uchun uni o‘ldirishni rejalashtirgan. U avvaliga 20 dona “Enam” dorisini qatiqqa aralashtirib, turmush o‘rtog‘iga ichirgan. So‘ngra hushsiz holatga kelgan erining bosh qismiga yog‘och bo‘lagi bilan urib, uni o‘ldirgan.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi. U yashagan mahallada tuman mas’ullari ishtirokida jinoyat sabablari muhokama qilindi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat joriy yil 21 iyun kuni tumanning Bog‘chakalon mahallasida sodir etilgan. Unga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Marhum Q.Q. 2023 yilning sentabr oyidan X.Q. bilan sha’riy nikoh asosida tumanning Bog‘chakalon mahallasida yashab kelgan. 2024 yilning aprel oyidan erkakning qizi ham turmushidan ajrashib, ular bilan yashay boshlagan.
X.Q. joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 22:00larda turmush o‘rtog‘ining o‘ziga nisbatan doimiy ravishdagi tazyiqi va kamsitishlaridan qutulish maqsadida uni o‘ldirishni rejalashtirgan. Tuzilgan rejaga asosan dorixonadan 20 dona “Enam” dori vositasini olib kelgan. So‘ngra uni qatiqqa qo‘shib, eriga ichirgan.
Q.Q. dori ta’sirida holsizlanib, ko‘ngli aynigan hamda hushsiz holatga kelgan. Bundan foydalangan ayol yog‘och bo‘lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Q.Q. voqea joyida vafot etgan.
Jinoyat sodir etilgan mahallada viloyat IIB boshlig‘i A.Tasbayev, tuman hokimi U.Adizov, viloyat prokurorining o‘rinbosari R.Rahmatov, tuman sektor rahbarlari ishtirokida muhokama qilingan. Muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil etilgan. Shuningdek, kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024