Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz imtihonsiz o‘qishga qabul qilindi
11 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrifi davomida Madina Soliyeva ismli qiz bilan ham suhbatlashgan. Qiz prezidentga Jahon tillari universitetida o‘qish niyati borligini aytgan.
Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Farg‘ona shahrida qurilayotgan Yangi O‘zbekiston massiviga borgandi. Mahalliy aholi bilan uchrashuv vaqtida Mirziyoyev Madina Soliyeva ismli qiz bilan gaplashgan. Qiz unga Jahon tillari universitetida o‘qimoqchi ekanini aytgan.
Voqeadan keyin, 12 iyulda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalr vazirligi vakillari va Jahon tillari rektori Ilhomjon To‘xtasinov Madinaning oldiga borib, unga grant asosida filologiya va til o‘qitish: rus tili yo‘nalishi bo‘yicha universitetga o‘qishga kirgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.uz yozdi. Sertifikatda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov va universitet rahbari To‘xtasinovning imzosi bor.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025