Jo Baydenda koronavirus aniqlandi
Jo Bayden o‘zini izolyatsiya qilishi va to‘liq quvvat bilan ishlashni davom ettirish niyatida, deb xabar beradi Oq uy matbuot xizmati. Prezidentning o‘zi ahvoli yaxshi ekanini aytyapti.
Oq uy matbuot xizmati 18 iyul, payshanbaga o‘tar kechasi AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirusga chalinganini ma’lum qildi.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, 81 yoshli yetakchi COVID-19’ga qarshi emlangan, shu jumladan kuchaytiruvchi ukol olgan va faqat yuqori nafas yo‘llarida kasallikning yengil alomatlari, ya’ni burun oqishi va quruq yo‘talni boshdan kechirmoqda. AQSh prezidentining umumiy ahvoli qoniqarli, dedi uning davolovchi shifokori.
Bayden koronavirus aniqlanganidan so‘ng o‘zini «yaxshi» his qilayotganini aytdi. Uning kasallangani haqidagi xabar Nevadadagi tadbirda bo‘lganida keldi. Oq uyning xabar berishicha, prezident Delaverdagi uyiga qaytib, o‘zini izolyatsiya qilish niyatida, bu vaqt davomida u davlat rahbari sifatida vazifalarini to‘liq bajarishda davom etadi.
Bayden sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli nomzodini qo‘yish qarorini qayta ko‘rib chiqishga tayyor
Avvalroq, 17 iyul kuni Jo Bayden jurnalist Ed Gordonga bergan intervyusida faqat sog‘lig‘i bilan bog‘liq sharoit uni ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yish qarorini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishini tan olgandi.
«Agar menda kasallik bo‘lsa, agar kimdir mening oldimga kelib, muammo borligini aytsa, bu haqiqatan muammo bo‘ladi», dedi Jo Bayden BET News telekanaliga bergan intervyuda.
O‘z navbatida, CBS News eslatishicha: «O‘tgan hafta prezident matbuot anjumanida u shifokorlarining hech biri jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan kasalliklardan boshqa kasalliklar borligini aytmaganligini bildirdi».
Fevral oyida Oq uy shifokori, doktor Kevin O'Konnor prezidentning jismoniy holatidan so‘ng Jo Bayden «81 yoshli sog‘lom, faol, baquvvat, prezidentlik vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qodir erkak», deb yozgan edi.
Baydenni prezidentlik poygasini tark etishga chaqirishmoqda
Ayni paytda, AQShda bir qator siyosatchilar va jamoat arboblari Baydenni saylovdan o‘z nomzodini olib tashlashga chaqirdi. Baydenning prezidentlik uchun kurashdan voz kechish tarafdorlari o‘z nuqtayi nazarini, birinchi navbatda, siyosatchining keksa yoshi bilan izohlamoqda.
17 iyul kuni ABC News telekanali AQSh Senatidagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer 13 iyul kuni Baydenga ushbu masalada qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar berdi. Shumer prezidentga saylovoldi kampaniyasini tugatsa, bu «mamlakat va Demokratik partiya uchun yaxshi bo‘lishini aytdi», — deyiladi telekanal xabarida.
Mavzuga oid
14:54
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024