O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.
Birinchi xonimlar Qibray tumanidagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham tashrif buyurdi.
Bu yerda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Loyiha doirasidagi birinchi muassasa 2019 yilda Nukusda, keyin Qarshi va Zarafshonda ochilgan, kelajakda butun respublika bo‘ylab tashkil etish rejalashtirilgan.
Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, ushbu ezgu g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Mavzuga oid
17:54 / 16.10.2024
«Zamin» fondi Qoraqalpog‘istondagi 180 ta maktabni suv tozalash uskunalari bilan jihozladi
18:42 / 27.06.2024
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi “Mehrli maktab” o‘quvchilari bilan suhbatlashdi
23:06 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Janubiy Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
20:54 / 05.06.2024