Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyada ish bilan ta’minlanishi mumkin
Namangan viloyati hokimligida Shveytsariyaning Globogate Concept AG tashkiloti rahbari Johannes Meyyer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda hamkorlik doirasida namanganlik o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni Germaniya shifoxonalarida ish bilan ta’minlash loyihasi muhokama qilindi.
Har ikki tomon loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi hamkorlik yuzasidan kelishib oldilar.
Muloqot yakunida Namangan viloyati hokimligi va Shveytsariyaning Globogate Concept AG tashkiloti rahbariyati o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
15:23 / 07.05.2025
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident
08:33 / 21.03.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025