Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyaga Ukraina orqali «Lukoyl»dan neft yetib kelishi to‘xtadi
Slovakiya Vengriya ortidan, Ukraina sanksiyalarini kuchaytirgani sababli, «Lukoyl»dan neft olishni to‘xtatdi.
Rossiya «Lukoyl» kompaniyasining nefti Slovakiyaga yetib borishi Kiyev tomonidan «Lukoyl» mahsulotini Ukraina orqali tranzit qilishga qo‘yilgan taqiq tufayli to‘xtab qoldi. Bu haqda 18 iyul, payshanba kuni Slovakiya Iqtisodiyot vazirligi ma’lum qildi.
«Transpetrol («Drujba» neft quvurining Slovakiya uchastkasi operator kompaniyasi) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neftini Slovakiyaga yetkazib berish to‘xtatilmagan, muammo faqat ma’lum bir ishlab chiqaruvchi - «Lukoyl»dan yetkazib berishda», deya aniqlik kiritdi Moliya vazirligi.
Shu bilan birga, Transpetrol Ukraina kengaytirilgan sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lmagan boshqa rossiyalik eksportyorlarning nefti Ukraina orqali Slovakiyaga yetib borishda davom etayotganini bildirdi. Reuters agentligi Ukraina energetika sohasidagi manbasiga tayanib, Ukraina orqali Yevropa mamlakatlariga neft tranziti «rejaga muvofiq» ketayotganini yozmoqda.
Vengriya ham «Lukoyl» neftini olishni to‘xtatdi
Bir kun avval Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto «Lukoyl» kompaniyasiga nisbatan Ukraina sanksiyalari kuchaytirilgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidan neft Vengriyaga «Drujba» quvuri orqali yetkazib berilmayotganini aytdi. Siyyarto so‘zlariga ko‘ra, «Lukoyl» va Vengriyaning MOL energetika kompaniyasi hozir quvur orqali neft ta’minotini tiklash uchun «qo‘shma huquqiy yechim ustida ishlamoqda».
Iyun oyida Kiyev «Lukoyl»ga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, xususan, Rossiya kompaniyasi mahsulotlarining Ukraina orqali tranzitiga taqiq qo‘yildi. «Lukoyl» Vengriya va Slovakiyaga asosiy xomashyo yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi
09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi
11:32 / 22.03.2025