Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda aholi xonadoniga kirib qolgan bo‘ri tabiatga qaytarildi
Denov tumanida yashovchi fuqaro uyiga kelib qolgan bo‘rini bir necha kun boqib, so‘ng uni Ekologiya boshqarmasi xodimlariga topshirgan.
Surxondaryoda aholi xonadoniga kirib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil iyul oyi boshlarida Denov tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi fuqaro M.I. ning xonadoniga bo‘ri hayvoni kirib qoladi.
Fuqaro M.I. bo‘riga odamlar tomonidan zarar yetmasligi uchun uni parvarish qila boshlaydi. So‘ng u viloyat Ekologiya boshqarmasi ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Aholining murojaatiga asosan viloyat Ekologiya boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib boriladi.
Bo‘ri tegishli tartibda fuqarodan olinib, uning salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirilgan. So‘ng u Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i hududiga, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025