Jamiyat | 10:35 / 25.07.2024
5104
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rikzor bozorida kontrafakt mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

Adliya vazirligiga Naseem Al Hadaeq Parfumes kompaniyasining ushbu kompaniyaga tegishli LAMSA, BUSHRA hamda NASEEM tovar belgilaridan noqonuniy foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar sotilayotganligi yuzasidan murojaati kelib tushdi.

Foto: Adliya vazirligi

Murojaatda bayon etilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik xodimlari tomonidan O‘rikzor savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi «P.Sh» MChJda tekshiruv o‘tkazilib, natijada haqiqatdan ham «P.Sh» MChJ tomonidan LAMSA, BUSHRA hamda NASEEM belgilaridan bir xil tarzda foydalanilgan holda tayyorlangan kontrafakt kosmetika vositalari sotilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan «P.Sh» MChJga nisbatan Adliya vazirligining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma ta’sir chorasi qo‘llanilib, huquqbuzarga kontrafakt mahsulotlarni savdodan olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, LAMSA, BUSHRA hamda NASEEM tovar belgilari ostidagi asl mahsulotlar qadog‘idagi QR-kodni skanerlanganda ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatiladi, kontrafakt mahsulotdagi QR-kod esa ishlamaydi.

Mavzuga oid