O‘zbekiston | 07:36 / 25.07.2024
6370
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yarim yil ichida ajrashgan oilalar soni aytildi

O‘zbekistonda o‘tgan 6 oyda 22 467 ta oilaviy ajrim qayd etilib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayishiga erishildi. 

AOKAda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Foto: AOKA

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yo‘nalishida 6 ta normativ-huquqiy hujjat (1 ta qonun, prezidentning 1 ta farmoni va 2 ta qarori hamda hukumatning 2 ta qarori) qabul qilindi. 127 274 nafar xotin-qizlar, shundan, 89128 nafari kasb-hunarga, 38146 nafari tadbirkorlikka o‘qitildi.

138 486 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga, shuningdek, hududiy va tarmoq investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalar hisobiga yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 40 520 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 13 131 nafar xotin-qizlarga bandlikni rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratildi. 

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan yanvar-iyun oylarida 74 420 nafar xotin-qizlarga 1 trillion 230 milliard so‘m kreditlar ajratildi. Oliy ta’limning talabalari orasida xotin-qizlarning ulushi 50,1 foizga yetdi. 

Xotin-qizlarning oliy ta’limni olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishlarida ularga ko‘maklashish maqsadida ehtiyojmand oilalarning 18 481 nafar, kamida besh yil mehnat stajiga ega oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, 4 587 nafar xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.

Mavzuga oid