Rossiya harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi
Avvalroq «SBU» general-leytenant Sergey Kobilashni Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutganlikda ayblagan edi. General-mayor Sergey Kuvaldin Rossiya Federatsiyasining uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasi qo‘mondoni bo‘ldi.
Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqdagi xabar 24 iyul, chorshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi saytida e’lon qilindi.
Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») u Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini o‘qqa tutganlikda gumon qilinayotganini e’lon qilib, tegishli dalillar to‘plaganini bildirdi.
Kobilash o‘rniga Rossiya uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasini general-mayor Sergey Kuvaldin boshqaradigan bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasining uzoq masofali aviatsiyasi Tu-95MS, Tu-160 strategik raketa tashuvchilari va uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlarini o‘z ichiga oladi. Ularning barchasi bir necha bor Ukraina hududiga zarba berish uchun ishlatilgan.
«FSB» Rossiya bombardimonchi samolyotini Ukrainaga olib ketishga urinish haqida e’lon qilgan
19 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Stavropol o‘lkasida Tu-22M3 samolyoti halokatga uchraganini tan oldi. Ukraina havo kuchlarining da’vo qilishicha, Rossiya bombardimonchi samolyoti Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») taqdim etgan ma’lumotlardan foydalangan holda zenitchilar tomonidan yo‘q qilingan.
8 iyul kuni Rossiya «FSB» Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyoti Ukrainaga olib qochilishining oldi olingani haqida e’lon qildi - bu operatsiya NATO maxsus xizmatlari ishtirokida tayyorlangani aytilgan. Kiyev ayblovlarga izoh bermadi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024