Iqtisodiyot | 07:55 / 26.07.2024
10757
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mga yetdi 

Yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida o‘rtacha maosh eng pastligicha qolmoqda.

Foto: Kun.uz

Joriy yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yarim yil mobaynida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million so‘m), Navoiy (6,6 million so‘m), Toshkent (4,9 million so‘m), Andijon (4,4 million so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,2 million so‘m) kuzatildi.

Olti oy davomida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million so‘m;
  • axborot va aloqa — 12,4 million so‘m;
  • tashish va saqlash — 7,7 million so‘m;
  • sanoat — 6,2 million so‘m;
  • savdo — 5,9 million so‘m;
  • qurilish — 5,4 million so‘m;
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million so‘m;
  • ta’lim — 3,5 million so‘m;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 3,3 million so‘m.

Mavzuga oid