O‘zbekiston | 00:10 / 27.07.2024
39384
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors zavodida so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi

UzAuto Motors jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqardi. Birinchi model 2008 yilda yig‘ila boshlagandi.

Asakadagi UzAuto Motors zavodida oxirgi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi.

U avtomobil korxonasi tarixidagi so‘nggi Lacetti (Gentra) sifatida yodda qoladi. Qayd qilinishicha, zavod jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqargan.

Asakada Chevrolet Lacetti ishlab chiqarish 2008 yilda, Gentra modeli esa 2013 yilda boshlangan. Gentra dastlab yiliga 11 mingdan ortiq ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 90 mingga yetgan.

Zavod ushbu avtomobilni ishlab chiqarishni 2024 yil yanvar oyidan to‘xtatishni rejalashtirgan edi. Biroq, komplektatsiya va ehtiyot qismlar mavjudligi bois ishlab chiqarish jarayoni yana bir necha oy davom etdi.

Mavzuga oid