Jahon | 07:51 / 29.07.2024
2950
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya IIV rahbariga vabo izlari bo‘lgan posilka yuborildi

Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanenga yo‘llangan maktubda vabo tayoqchasining izlari aniqlangan. U qo‘shimcha tahlilga jo‘natildi, deya xabar beradi franceinfo.

Foto: AFP 2024 / KENZO TRIBOUILLARD

Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanenga tarkibida qora kukun bo‘lgan maktub yuborilgan bo‘lib, unda dastlabki sinovlar vabo tayoqchasining izlarini aniqlagan. Bu haqda 28 iyul, yakshanba kuni franceinfoso teleradiokompaniyasi manba va Dijon shahri prokuroriga tayanib xabar berdi. Posilka Fransiya sharqidagi Kot-d'Or departamentidagi pochta saralash markazida topilgan. 

Posilkaning tarkibi keyingi tahlil qilish uchun Parijdagi Paster institutiga yuborildi, natijalar 29 iyul kuni kechqurun kutilmoqda. Shu bilan birga, Kot-d'Or prefekturasi bu «noto‘g‘ri ijobiy natija» bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. 

Fransiya vaziriga yo‘llangan maktubda «irqiy haqoratlar» bor, deb yozadi France 3 telekanali. Dijon jinoyatchilik bilan kurashish bo‘limi ishni tergov qilmoqda. 

Vabo «juda jiddiy kasallik» bo‘lib, agar davolanmasa, o‘lim ehtimoli 30-100 foizga yetadi, deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. 

Mavzuga oid